14:00 / 12.07.2021
1 837

Toshkentda IIBB xodimlariga tegishli xizmat avtomobili YTHga uchradi


Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar IIBBga tegishli xizmat avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan videotasvir bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 11 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 35 yoshli A.U. xizmatdoshi safdor J.Z. bilan Nexia-2 rusumli patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.

Ular Bunyodkor shohko‘chasida «Erkin» YPX postidan poytaxt avtovokzali tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida «Chilonzor buyum savdo kompleksi» savdo kompleksi yonida oldinda harakatlanib ketayotgan va to‘satdan to‘xtagan Nexia-1 rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

YTH sababi – piyoda o‘rnatilgan qoidalarga rioya etmasdan avtomobilning oldidan chiqib qolgan va avtomobil tezkorlik bilan to‘xtashga majbur bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmagan, transport vositalari jiddiy shikastlanmagan va taraflar o‘zaro kelishib olgani sababli yo‘l-transport hodisasi haqida YPX inspektoriga xabar berilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va tomonlar o‘z yo‘nalishida harakatni davom ettirgan. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda IIBB xodimlariga tegishli xizmat avtomobili YTHga uchradi