11:30 / 17.07.2021
1 816

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi


Foto: Samarqand YHXB axborot xizmati
Samarqandda haydovchi rulni keskin burishi oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 16 iyul kuni soat 10:00 larda M-39 avtomobil yo‘ling 1081-kilometrida Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan yuk transport vositasi haydovchisi aylanma harakatlanish davomida rulni keskin burib yuborishi oqibatida mashina o‘ng tomonga ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida avtotransport vositasiga moddiy zarar yetgan, jarohat olganlar yo‘q.

Foto: Samarqand YHXB axborot xizmati
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat