12:12 / 19.07.2021
3 299

O‘zbekiston tojik-afg‘on chegarasidagi mashqlarga jangovar aviatsiya, zirhli texnika va maxsus kuchlarni yuboradi - OAV


Foto: drive2.ru
O‘zbekistonlik askarlar va zobitlar qo‘shni hududdan jangarilarning kirib kelish ehtimoli bo‘yicha Tojikiston va Rossiya harbiylari bilan birgalikda tojik-afg‘on chegarasini himoya qilish bo‘yicha mashq o‘tkazadi.

Joriy yil 1 avgustdan 10 avgustgacha Tojikistonning Afg‘oniston bilan Xatlon yo‘nalishidagi chegarasida Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashqlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatining xavfsizlik blokidagi manbaga asosan xabar qilmoqda.

Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining qo‘shma aksilterror mashqlari Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan «Harbmaydon» harbiy poligonida o‘tkaziladi.

Mashqlarda harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari, zirhli transport vositalari va uchta davlatning maxsus kuchlari ishtirok etadi.

“Mashqlardan ko‘zlangan maqsad - Afg‘onistondan Tojikistonga terrorchilarning kirib borishi ehtimoli bo‘yicha chegarada uch davlat harbiylarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Manbaning ta’kidlashicha, rejalashtirilgan tadbir - "Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiyaning birinchi to‘laqonli qo‘shma mashqlaridir".

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat