19:00 / 23.07.2021
2 938

Er-xotin o‘rtasidagi avtomashina ikkiga bo‘lindi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 01.06.2021 yildagi 2111/3344-sonli ijro varaqasiga asosan da’vogar D.Shermatova foydasiga javobgar S.Shermatovga nisbatan “Cobalt” avtomashinasini umumiy mulk deb topish, avtomashinadagi hissasi hisobiga 53 124 792 so‘m hissa, 2 661 500 so‘m sud harajatlari, 17 150 so‘m pochta harajati undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor S.Shermatovga sud qarori ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash bo‘yicha ixtiyoriy muddat belgilab berilgan, biroq ijrosi ta’minlanmagan.

Shunga ko‘ra, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Cobalt” avtomashinasi xatlab qo‘yilayotgan vaqtga kelib belgilangan qarzlarni to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Qarzdor tomonidan 53 124 792 so‘m hissadagi qarz, 2 661 500 so‘m sud harajatlari va 17150 so‘m pochta harajati to‘liq undirilib, xolislar ishtirokida D.Shermatovaga topshirildi. Yuritilgan ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlanib, bu haqda sudga tegishli qaror nusxasi yuborildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er-xotin o‘rtasidagi avtomashina ikkiga bo‘lindi