15:40 / 24.07.2021
2 344

Zafarobodlik ota farzandlariga 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini to‘lab berdi


Majburiy ijro byurosining Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 18.04.2012 yildagi qarzdor O.Nuraliyevdan undiruvchi F.Nuraliyevaning farzandlarini moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida 18.04.2012 yildan boshlab to farzandi voyaga yetguniga qadar aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida mavjud.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan, qarzdor O.Nuraliyevdan ikki nafar farzandlarining 18 yoshga to‘lguncha bo‘lgan to‘lanmay qolgan 33 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro xarakatlari natijasida qarzdor O.Nuraliyevdan undiruvchi F.Nuraliyevaga jami 33 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi.

Mazkur ijro ishi yurituvi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan davlat ijrochisi tomonidan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zafarobodlik ota farzandlariga 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini to‘lab berdi