08:00 / 27.07.2021
2 162

Nurmat Otabekov: «Biz aholini koronavirusga chalinganligidan qat’i nazar emlashimiz kerak»


O‘zbekistonda fuqarolar koronavirusga chalingan yoki chalinmaganidan qat’i nazar, emlanishi shart. Bu haqda 23 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Anjumanda jurnalistlar «Bir yoki yarim yil ichida koronavirusga chalinib tuzalgan shaxslarda antitanalar bo‘lsa ham koronavirusga qarshi vaksina olishi kerakmi?», degan savol bilan mas’ullarga murojaat qildi. Savolga Nurmat Otabekov javob berar ekan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) agar bemor kasallikka chalinib, undagi klinik belgilar to‘liq o‘tgan bo‘lsa, emlashga ruxsat berilganligini ta’kidlab o‘tdi.

«JSSTning fikriga ko‘ra, kimki kasallikni yengil o‘tkazgan bo‘lsa, ularda hosil bo‘lgan antitana titri pastroq, kimki kasallikni uzoqroq va og‘irroq o‘tkazgan bo‘lsa, ularda antitanalar titri bir muncha yuqoriroq bo‘ladi. JSSTga ko‘ra kasallikka chalinganlik va chalinmaganlikdan qat’i nazar, emlanish shart. Demak, biz aholini kasallikka chalinganligidan qat’i nazar, emlashimiz kerak. Kasallikka chalinganlarni kimdir uch-olti oydan keyin emlayotgan bo‘lsa, bu ularni emlash mumkin yoki mumkinligidan emas, balki o‘sha vaqtda emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlamiga vaksinani yetkazib berolmagani uchungina vaqtdan yutishga urinishyapti», – dedi Nurmat Otabekov.

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri Dilbar Dalimovaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, kasallik davom etayotgan vaqtda vaksina olmaslik lozim.

«Kasal bo‘lib turib, men COVID emasman, shunchaki shamollaganman, borib vaksina olsam koronavirusga chalinmayman», deb vaksina oladiganlar ham bor. Kasallikka chalinishdan oldin yoki keyin emas, balki aynan kasallikka chalingan payti shoshilib vaksina olishadi va kasallik rivojlanishida vaksinani ayblashadi», – dedi markaz mutaxassisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: «Biz aholini koronavirusga chalinganligidan qat’i nazar emlashimiz kerak»