19:02 / 27.07.2021
4 109

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 5 avgustdan boshlanadi


O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihon 5 avgustdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi belgilandi.

Test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 5 avgustdan boshlanadi