date
views 2 192

Abituriyentlarga imtihonlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi


Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:
1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlarga imtihonlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi