Shifokor koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aytdi

Shifokor koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aytdi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyalik shifokor-infeksionist Yevgeniy Timakovning so‘zlariga ko‘ra, oila a’zolaridan faqat bittasini emlash ular orasida koronavirusga chalinish ehtimolini uch baravar kamaytirishi mumkin. «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida u buni emlangan odamdan virus ajralishining kamayishi bilan izohlagan.

«Oilada emlangan bir kishi oilaning boshqa a’zolariga koronavirus yuqtirish xavfini uch baravar kamaytiradi», — deya ta’kidladi infeksionist.

Timakovning qo‘shimcha qilishicha, emlangan odam ajratadigan virusning faolligi kam bo‘ladi va organizmda mutatsiyaga uchramaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar