00:44 / 02.08.2021
2 456

Jizzaxdagi zapravkada «Jiguli» yonib ketdi


Jizzax viloyatining Zafarabod tumanida joylashgan zapravkada «Jiguli» yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida ma’lumot boshqarmaga 31 iyul kuni soat 13:10 da kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi aytilgan manzilga yetib borganida «Jiguli» rusumli yengil avtomobil yonayotgani aniqlangan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida stansiya faoliyati avariya holatida to‘xtatilib, fuqarolar va boshqa transport vositalari zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Jabrlanganlar yo‘q. Hodisa sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi zapravkada «Jiguli» yonib ketdi