2 485
1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi
Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalalarida samarali ishlar olib borilmoqda.
Sudning ijro hujjatiga ko‘ra, javobgar “Andijon makro stroy” MCHJdan da’vogar “Exclusive texnotak” xususiy korxonasi foydasiga vositachilik hamda yetkazib berilgan tovar haqi uchun jami 1 mlrd. 246 mln. 558 ming so‘m undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida iarzdor jamiyatga tegishli soatiga 60 tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tosh maydalash-saralash uskunasi ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Byuro xodimlari qarzdor jamiyat vakillarini qarzdorlik bartaraf etilmasa xatlangan uskunaning elektron onlayn-auksion savdoda sotilishi yuzasidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»