Foto: Unsplash
Koronavirusga chalingan bemorda dastlabki ikki hafta davomida yurak xuruji va ishemik insult xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Bu haqda Shvetsiyaning Umeo universiteti olimlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Infeksiyaning yurakka ta’sirini aniqlash maqsadida ekspertlar 86 mingdan ortiq inson ishtirokida tadqiqot o‘tkazgan.
«Bu koronavirusning yurak qon-tomir kasalliklariga bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan dunyodagi eng yirik tadqiqot hisoblanadi», — deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, olimlar 2020 yilning 1 fevralidan 14 sentabriga qadar koronavirusga chalingan nazorat guruhidagi bemorlarning miokard infarkti va insult chastotasini yurak qon-tomir tizimlarining buzilish chastotasi bilan taqqoslab ko‘rgan.
Mutaxassislarning aniqlashicha, koronavirus kasallikning dastlabki ikki haftasida o‘tkir miokard infakrti va insult xavfini uch barobarga oshirgan.
«Bu kabi bog‘liqlik hatto yondosh kasalliklar, yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillari hisobga olingan holda ham saqlanib qolgan», — deya ta’kidlaydi olimlar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi