
Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand viloyatida 4 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 6 karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.
Videolavhada aytilishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnab yurgan yigitdan homilador bo‘lib qolgan. So‘ngra bola tug‘ilganidan keyin uni sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushgan.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi va sud hukmiga ko‘ra 4 yilu 6 oy muddatga qamaldi.
Samarqand ViloyatiO‘zbekiston RespublikasiSportchi QizSud HukmiJinoyat KodeksiHomiladorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar