14:34 / 04.08.2021
2 054

Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi


Foto: Global Look Press
Shvetsiyaning Umeo universiteti olimlari COVID-19 bilan kasallanishdan keyingi dastlabki ikki haftada yurak xuruji va ishemik insult xavfi sezilarli darajada oshishini aniqladi. Bu haqda Lancet jurnalidagi ilmiy maqolada aytilgan.

«Tadqiqotimizda biz COVID-19 ishemik insult va o‘tkir miokard infarkti uchun mustaqil xavf omili ekanini aniqladik», — deyiladi maqolada.

Hammasi bo‘lib 86 mingdan ortiq odam ishtirok etgan ushbu tadqiqot koronavirusning yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tadqiqotdir. Olimlar COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda miokard infarkti va insult kelib chiqishini 2020 yil 1 fevraldan 14 sentabrgacha nazorat guruhida bo‘lgan odamlarda (348 ming kishi) yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqishi bilan solishtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 kasallikdan keyingi dastlabki ikki haftada o‘tkir miokard infarkti va insult xavfini, taxminan, uch baravar oshirgan. Bunday hamroh kasalliklar yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgandan keyin ham saqlanib qolgan.

Ilgari Rossiyaning Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi bosh direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya kardiologiya jamiyati prezidenti Yevgeniy Shlyaxto ham koronavirus yurak-qon tomir tizimida asoratlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida aytgan. «Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar koronavirus tarqalishida eng zaif guruhdir, chunki ularda COVID-19’ning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlar qoldirishi xavfi yuqori bo‘lishi bilan birga yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari va rivojlanishi xavfi ortadi», — degan edi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi