Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, bankning Sergeli filiali qoshidagi «O‘zgarish bank xizmatlari markazi» nazoratchi-kassiri Yu.N. va bosh mutaxassisi M.Sh.lar joriy yilning 14-17 iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shoxobchasidan o‘zlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSH dollarini olishga erishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Yu.N. o‘zlashtirgan mablag‘larining bir qismini «Lacetti» rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini ta’mirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi