Foto: «Pixabay»
Koronavirusga chalingan bemorlar o‘rtasida ayollarga nisbatan erkaklarda o‘lim holatlari ko‘proq uchrayapti. Ushbu holat sababini vrach allergolog-immunolog Vladimir Bolibok tushuntirib berdi.
«Bu gormonlarning (ayollarda estrogen, erkaklarda testosteron) ta’siriga bog‘liq. Erkaklarda antitanalar ishlab chiqarilish darajasi birmuncha past», — dedi Bolibok «Ura.ru» bilan suhbatda.
Ayollarning immun tizimi virusgacha yetib boradi.
Ayollar organizmida hosil bo‘luvchi antitanalar hujayralar ichiga oson kira oladi. Bu gormonal tafovutlar bilan ham bog‘liq. Katta miqdordagi antitanalar virus joylashgan hujayralar ichiga kiradi. Biroq ayollardagi ushbu afzallik bir paytning o‘zida «tanganing orqa tomoni» ham hisoblanadi — antitanalar o‘z organizmi hujayra ichki strukturalariga hujum qilgani bois ayollarda autoimmun kasalliklar ko‘proq uchraydi.
«Dinastiya» klinikalar tarmog‘i bosh shifokori, infeksionist Tatyana Chalenkoning ta’kidlashicha, testosteron darajasi pastligi ko‘pincha erkaklarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga olib keladi, COVID-19 og‘ir kechishi sabablaridan biri ham shu.
«Testosteron darajasi pastligi uchun erkaklarda koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishiga oid juda ko‘p tadqiqotlar e’lon qilindi. Testosteron miqdori pastligi yurak-qon tomir xastaliklari rivojlanishi xavfini oshirishi nuqtai nazaridan yondashganda, buni tushunish oson. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusni tanuvchi oqsil X-xromosoma bilan bog‘liq, ular esa, erkaklardan farqli ravishda, ayollarda ikkita, immun javobi ham shunga yarasha kuchliroq», — tushuntirdi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi