2 784
Mutaxassis kovid vaksinasi nima uchun yoshlarga kuchliroq ta’sir qilishini tushuntirib berdi

Foto: «Panoramapro.ru»
Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Gamaleya nomli Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi direktori Aleksandr Ginsburg AIFga bergan intervyusida nima uchun katta yoshlilarga qaraganda yoshlarda emlashga qarshi kuchli reaksiya kuzatilayotganini tushuntirib berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar odatda hamma narsaga qarshi yaxshiroq reaksiya berishadi.
«Immun tizim ham bundan mustasno emas — u yanada kuchliroq, faolroq reaksiya beradi. Qariyalarda ham xuddi hol kuzatiladi, faqat vaqti biroz cho‘zilib ketadi. Chunki barcha reaksiyalar, shu jumladan, immun reaksiyalar ham ancha yomon ishlaydi. Eskirgan mexanizmlar kabi harakat qiladi», — dedi u.
Ginsburgning izohlashicha, yoshlarda bu tez va keskin sodir bo‘ladi.
«Shuning uchun energiya miqdori, ya’ni reaksiya jarayonida ajraladigan harorat 38 darajagacha ko‘tarilib ketadi. Bu hol, hatto ikki kungacha davom etishi mumkin. Ammo bu shu bilan cheklanadi», — deya xulosa qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar