13:17 / 24.08.2021
1 946

Ota farzandi ta’minoti uchun 44,5 million so‘mdan ziyod aliment to‘ladi

Ota farzandi ta’minoti uchun 44,5 million so‘mdan ziyod aliment to‘ladi
Byuroning Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Chirchiq tumanlararo sudining 18.07.2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Tashpulatov Sabit Sayfullayevichdan, undiruvchi Balgabayeva Guljamal Muxtarovna foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor S.Tashpulatov oldindan 5 yillik aliment pullari, ya’ni 44.631,8 ming so‘m aliment pullarini Byuroning Chirchiq shahar depozit hisob raqamiga to‘lab bergan.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 2020 yilning noyabr oyidagi 6118-sonli Prezident Farmoniga asosan aliment ijro hujjati yuzasidan barcha aliment oluvchilarga bank tomonidan tekin plastik kartochkalari ochib berilgan.

Shuningdek aliment oluvchilar uchun 2021 yilning 1 mart kunidan boshlab ushbu plastik kartochkalarga aliment pullari o‘tkazish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli yuqorida ko‘rsatilgan ijro ishi bo‘yicha 44.631,8 ming so‘m aliment pullari undiruvchining MIB tomonidan ochilgan plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat