
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil - Biznes Ombudsman Devoniga Toshkent viloyati Ohangaron tumanida faoliyat yuritayotgan “Sodiq Suxrob” fermer xo‘jaligi rahbarining Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining Markaziy mintaqaviy inpeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishdan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushgan.
Vakil Devoni xodimlari tomonidan ishning mohiyatini o‘rganish davomida Markaziy mintaqaviy inspeksiyasi xodimlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subektlarda tekshirish o‘tkazishning belgilangan tartiblariga rioya etmagan holda nazorat tadbirlari o‘tkazilganligi ayon bo‘ldi.
Natijada aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan ma’sul xodimlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudiga yuborildi va sud qarori bilan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilishi ta’minlandi.
Biznes Vakil devoni matbuot xizmati
O‘zbekiston RespublikasiTadbirkorlar HuquqlariBiznes OmbudsmanOhangaron TumaniQonunbuzilish HolatlariMarkaziy Mintaqaviy Inspeksiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar