Foto: nasafnews.uz
Qashqadaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning 24-25 avgust kunlari Hisor davlat qo‘riqxonasi Tanhoz bo‘limi hududlarida ekologik qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Boshqarma axborot xizmati xabariga ko‘ra, mahalliy nomi «Qoranqul» bo‘lgan massivning yuqori qismida Shahrisabz tumani Suvtushar qishlog‘ida yashovchi fuqarolar A.B, B. N, D.Jlar yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan 1 (bir) bosh tog‘ echkisini noqonuniy ovlab, tanalarini bo‘laklarga bo‘layotgan paytda qo‘lga olingan.
Xabarga ko‘ra, mazkur qonun buzilish holati bo‘yicha surishtiruv olib borilganda, fuqaro A.B o‘ziga tegishli bo‘lgan ovchilik guvohnomasi va qurol olib yurish va saqlash ruxsatnomasini taqdim qilgan.
Fuqaro D.J esa o‘ziga tegishli ekanligini bildirgan ov quroliga hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Ushbu fuqarolardan ov qurollari, hujjatlar va bir bosh noqonuniy ovlangan, tanalari bo‘laklarga bo‘lingan tog‘ echkisi go‘shtlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Noqonuniy ov qilish holati bo‘yicha olib qo‘yilgan 2 (ikki) dona ov quroli belgilangan tartib asosida Shahrisabz tumani IIBga qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar saqlab turish uchun topshirilgan.
Holat yuzasidan fuqarolar A.B, D.J va B.Tga bu harakatlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ekanligi tushuntirilgan. Noqonuniy ovlangan yovvoyi hayvonot dunyosi ob’ekti hisoblangan bir bosh tog‘ echki zarari sohaga aloqador tegishli hujjatlar asosida hisoblanganda 11 million 25 ming so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hisor davlat qo‘riqxonasida aniqlangan mazkur holatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalalari ko‘rib chiqilishi va tabiatga yetkazilgan zararlarni qonuniy tartibda undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun rasmiylashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi