21:25 / 28.08.2021
2 282

O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi eng keng tarqalgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi eng keng tarqalgani ma’lum bo‘ldi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus infeksiyasi holatlarini o‘rganish natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, koronavirus holatlari ulushining 82 foizini delta shtammi tashkil etadi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni alfa (10,3 foiz) va 20A (7,7 foiz) shtammlari egallagan.

Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahloxon Turdiqulova e’lon qilingan ma’lumotlarga izoh berishicha, so‘nggi haftalarda koronavirusning delta varianti umumiy kasallanishlar sonining beshdan to‘rt qismidan oshgan.

«‘Hindcha’ shtamm deb nomlanuvchi virus turi Uxan va Britaniya versiyalariga qaraganda ko‘pincha kasallikning og‘ir shakllariga olib kelishi xavotirga soladi. Bu umuman epidemiologik manzarani tubdan o‘zgartiradi: afsuski, simptomsiz holatlar kamroq uchramoqda va inkubatsiya davri qisqarib, sog‘liq uchun jiddiy oqibatlar xavfini kuchaytiradi. Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: tadqiqotlarimiz shuni tasdiqlaydiki, hozirgi vaksinalar yangi shtammlarga qarshi samarali», — deydi u.

Ta’kidlanishicha, emlanganlar kamdan kam hollarda kasallikka uchragan taqdirlarida ham, inson tanasida virus mutatsiya qila olmasligi sababli COVID-19 ni yengil o‘tkazadi. «Buni 24 avgust kuni olingan ZF-UZ-VAC2001 preparati sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 30 yanvar kuni koronavirusning «britancha» shtammi O‘zbekistonga kirib kelgani ma’lum bo‘lgandi. 24 iyunda esa mamlakatda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi eng keng tarqalgani ma’lum bo‘ldi