O‘zbekistonda aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2.7K
O‘zbekistonda aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi
«Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.

2022 yildan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

Har yili avgust oyigacha minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

Minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib boriladi. Minimal iste’mol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qaror bilan aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilash uchun foydalanilishi kutilayotgan minimal iste’mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra bir kishi uchun oyiga 440 ming so‘mni tashkil etgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?