4 341
«Mahalla» telekanali Islom Karimovning surati xiralashtirilishini «texnik xatolik» deb aytdi

Foto: Telegram / Rais buva
Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan «Saodat» serialidan bir kadr ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Suratda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning portreti xiralashtirilgani aks etgan. Mazkur holat yuzasidan telekanal rahbariyati izoh berdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».
«Mahalla» telekanali direktori o‘rinbosari Aziz Nurullayev suratning xira ekanligini «texnik xatolik» deya izohladi.
«‘Saodat’ seriali bo‘lgan. U yerda texnik xatolik ketgan. Hozir bu narsa yo‘q. Ular eskisidan (arxivdan) olishgan… Biz surishtirdik: shu kunlarda efirga berilayotgan serialda bu ketmayapti, olib tashlangan deyishdi… Shu kecha-kunduzda ko‘rishinglar mumkin serial (efirga) ketyapti. Unaqa hech narsa bekitilmagan… Montajda endi har xil narsa bo‘lib turadi», — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar