09:48 / 03.09.2021
4 140

Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi

Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.

Bu haqda «Nasafnews» sayti qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarovga asoslanib ma’lum qildi.
Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Perinatal markazda tug‘ilgan.

E’tiborlisi, ularga Prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yilgan.

Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi