08:05 / 04.09.2021
2 228

Toshkentda «o‘tkazib yubormagani» uchun Matiz’ning oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkentda «o‘tkazib yubormagani» uchun Matiz’ning oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qo‘lga olindi
Kadr: Telegram
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasida o‘zganing avtomobiliga shikast yetkazilgani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1 sentabr kuni navbatchilik qismiga 24 yoshli Jahongir R. murojaat qilib, ikki nafar notanish shaxslar kelishmovchilik davomida uning Matiz rusumli transport vositasiga zarar yetkazganini bildirgan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u Navoiy ko‘chasida harakatlanayotganida, orqadan kelayotgan oq rangli Matiz’dagi shaxslar go‘yoki «o‘tkazib yubormagani» sababli Jahongir R.ni to‘xtashga majbur qilgan.

Natijada orada janjal chiqib, Jahongir R.ning avtomobiliga zarar yetkazilgan. Notanish shaxslar uning avtomobilining oynalarini sindirib, eshiklardan biriga zarar yetkazgan va voqea joyini tark etgan.

Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu huquqbuzarlik oq rangli Matiz avtomobil haydovchisi — 22 yoshli Sarvar N. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan Sarvar N. jahl ustida Jahongir R.ning avtomobiliga damkrat bilan zarar yetkazganini tan olgan va qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

Shuningdek u voqea sodir bo‘lgan vaqtda avtomobilida yo‘lovchilari – akasi 29 yoshli Sardor N. va onasi – 50 yoshli Muqaddas N. bo‘lganini ma’lum qildi.

Sarvar N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun sudga taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «o‘tkazib yubormagani» uchun Matiz’ning oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qo‘lga olindi