2 298
«Novza» masjidiga kelgan haydovchilar mashinalari jarimaga tortilayotgani aytilgan video bo‘yicha izoh berildi

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqda «Novza» masjidi oldida Juma namoziga kelganlar jarimaga tortilayotgani aytilgan video tarqaldi. Unda planshet ushlagan YPX xodimi yo‘lda to‘xtatilgan avtomobillar raqamlarini suratga olayotganini ko‘rish mumkin. YHXBB ushbu holatga oydinlik kiritdi.
Unda aytilishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.
3 sentabr kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida joylashgan «Novza» masjidiga juma namoziga kelgan ayrim fuqarolar boshqaruvida bo‘lgan avtomobilni Bunyodkor shoh ko‘chasiga qatnov qismi chetiga parallel ravishda 3 qator tarzda qo‘yib, o‘zlari masjidga kirgan.
Mazkur masjid atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb etilgan xodimlar 3-qatorga qo‘yilgan avtomobillarni suratga olib, profilaktika uchun, haydovchi mazkur qoidabuzarlikni doimiy takrorlamasligi uchun, ogohlantirish sifatida tushuntirishlar bergan.
YPX Xodimi vaziyatni inobatga olib qoidabuzarliklar uchun bayonnoma rasmiylashtirmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar