Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIBga ko‘ra, 5 sentabr kuni soat 23:45lar atrofida Samarqand shahrida tungi xizmatni olib borayotgan hodimlar yoniga, shu ko‘chada yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.
Fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qo‘shilib uni qo‘yvorishlarini so‘ragan.
Holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Fuqaroning harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi IIB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi