
Chiroqchi tumanida «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyat to‘g‘risida aniq bila turib, yolg‘on xabar bergan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Chiroqchi tumani, «Dam» MFYda yashab kelayotgan X.U. tanishi X.B. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, u bilan bir guruhga birlashib, 2021 yilning 31 avgust kunidan 1 sentabr kuniga o‘tar kechasi fuqaro M.E.ning nomiga rasmiylashtirilgan, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan «VAZ-2106» rusumli avtomashinasini Chiroqchi tumani, «Dam» MFYda yashash uyi oldidan shu qishloqda yashovchi Q.J.ning uyini orqa tomoniga boshqarib olib borib, avtomashinani ochiq holatda qoldirib, «102» operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, fuqaro X.U. navbatchi operatorga go‘yoki «VAZ-2106» rusumli avtomashinasini uyi oldida ochiq holatda qoldirilgani, kech soat 02:00larda avtomashinasini noma’lum shaxslar olib ketganligini bayon qilib, aybdor shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, jinoyat to‘g‘risida aniq bila turib, yolg‘on xabar bergan.
Fuqaro X.U. «102» operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida operator tomonidan yolg‘on xabar berish, ya’ni Jinoyat kodeksining 237-moddasi va 238-moddalari bilan javobgarlik mavjudligi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qaramasdan, bila turib, yolg‘on xabar bergan.
Murojaat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, «VAZ-2106» rusumli avtomashina noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha, avtomashina arizachi X.U. tomonidan ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda, yashash uyidan uzoq joyga olib borib qo‘yilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.U. va X.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Chiroqchi TumaniYolg‘on XabarJinoyat KodeksiAvtomashina Olib QochishTergov HarakatlariIIB Axborot Xizmati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar