
Foto: YHXBB
Ijtimoiy tarmoqda «Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimining xizmat avtomobili qoidalarga amal qilmaydimi?» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda Captiva rusumli, 10 107 TVH davlat raqam belgili avtomobil piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgani aks etgan video tarqalgan va keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan.
Video Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan va qoidani buzgan haydovchiga nisbatan bayonnoma tuzilib, BHMning 2 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Toshkent ViloyatiNurafshon ShaharXizmat AvtomobiliQoidalarni BuzishYHXBB Ma’lumotIjtimoiy Tarmoq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar