Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlariga qabul qilingan talabalarning yangi 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligi hisobga olinib, farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.
Bunda OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarda 2021/2022-o‘quv yili 6 sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy (oflayn) shaklda boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi