date
views 4 438

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobi chop etildi

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobi chop etildi
Foto: «Daryo»
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Ushbu asar kitobxonlarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Kitob yetti bobdan iborat bo‘lib, 10 ming nusxada nashr qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Shavkat Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalaridagi fikrlar jamlanmasi kitob sifatida nashr etilgan, shuningdek, «Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi» nomli yangi asari chop etilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» nomli kitobi chop etildi