Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov barcha bloger va jurnalistlarni Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda u “Telegram”dagi kanalida post joylashtirdi.
“Shavkat Mirziyoyev davrida matbuotning “tili chiqdi”. Albatta oson bo‘lmadi, oson bo‘lmayapti va oson bo‘lmaydi ham. To‘g‘ri gap tuqqaninga yoqmaganidan keyin begonaga yoqarmidi. Lekin to‘g‘ri gapsiz yolg‘on ko‘payadi. Yolg‘onchilar ko‘payadi. Rivojlanish bo‘lmaydi, xato ko‘payadi, fayz-baraka qochadi”, deb yozadi Komil Allamjonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tomonidan kelgusida ham xolis matbuot qo‘llab-quvvatlanishi, doim himoya qilinishi ta’kidlangan.
“Shaxsan men uchun bu juda quvonarli. Men albatta Shavkat Mirziyoyevga ovoz beraman va barcha bloger va jurnalistlarni bizning qadrimizga yetayotgan insonga ovoz berishga chaqiraman”, deydi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi