
Cifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Xorijiy aviareys bilan yurtimizga uchib kelgan fuqaro S.Sh.ning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati 118 mln. so‘mlik 1679 dona dori vositalari borligi aniqlandi.
Ushbu aviareys bilan uchib kelgan yana bir fuqaro X.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar etiborini tortdi va ushbu shaxsning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 420 mln. so‘mlik 3004 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yashirincha olib o‘tayotgani fosh etildi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar