23:23 / 14.09.2021
2 435

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi (foto)

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi (foto)
14 sentabr kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyabzallardan iborat mazkur insonparvarlik yordami o‘zbek xalqining birodar Afg‘onistonga ko‘rsatayotgan xayrixohligining yana bir ifodasiga aylandi. Ariana News ma’lumotlariga ko‘ra, 1,3 tonnadan iborat mazkur yordam butun mamlakat bo‘ylab kam ta’minlangan afg‘on oilalariga tarqatiladi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Hayraton – Mozori Sharif» temir yo‘li «Hayraton» stansiyasida bo‘lib o‘tgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

«Butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga og‘ir damlarda mamlakatga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorligimizni bildiramiz.

O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani, uning siyosatini ko‘p millatli xalqimiz chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilikning namoyoni sifatida baholaydi», — degan u.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Tadbirda so‘zga chiqqan Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza insonparvarlik yordami o‘z vaqtida berilibgina qolmay, balki alohida ehtiyoj ekanligini, bu esa xalqlarimiz o‘rtasida asrlar osha davom etib kelayotgan tarixiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning yana bir isboti ekanligini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam aslida Afg‘onistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng «Astras» OAJ qabullar uyida rasmiy marosimda tashkil etildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakillari bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, chegaraoldi savdosini rivojlantirish, Surxondaryo hamda Balx viloyatlari o‘rtasidagi qo‘shma Ishchi komissiyasi faoliyatini davom ettirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan suratlardan ko‘rish mumkinki, rasmiy marosimda tomonlar bir-biriga estalik sovg‘alarini topshirdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
«Samimiy ruhda kechgan muloqotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli munosabatlar va strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi», — deb qayd etilgan viloyat hokimligi xabarida.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zLiDePning X qurultoyida «Qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz», deb aytgandi.

«Afg‘oniston bilan aloqalarimizda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga sodiq qolamiz», degan edi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi (foto)