22:37 / 14.09.2021
1 504

Adliya vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axboroti eshitildi

Adliya vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axboroti eshitildi
Bugun, 14 sentabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda adliya vaziri R.Davletovning jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha axboroti eshitildi. Adliya vaziri o‘z axborotida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda nimalarga e’tibor qaratish bo‘yicha bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Birinchidan, amalga oshirilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarining qanchalik samara berayotganini darrov baholash va o‘lchashning imkoni cheklangan bo‘lsada, oxirgi paytdagi olib borilgan ochiqlik siyosati aholimizning huquqiy ongini karra-karra ko‘tardi.

2016 yilda Qonunchilik hujjatlari milliy bazasiga, 1 oyda zo‘rg‘a 200 ming odam tashrif buyurargan bo‘lsa, hozirga kelib 1,5 mln odam bir oyda Lex.uzdan foydalanyapti, ya’ni huquqini taniyapti. Bundan ko‘rinadiki aholining huquqiy ongi yuksalib, talabi va ehtiyoji kundan kunga oshib bormoqda.

Ikkinchidan, insonlarga qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash uchun ular real hayotida ham shunga guvoh bo‘lishi lozim, ya’ni adolat ta’minlanayotganini va jazo muqarrar bo‘layotganligini ko‘rib ishonishi ham muhim.

Adliya vazirligi bu borada qator aksiyalar o‘tkazmoqda. Xususan, “Fermerga madad” aksiyasi doirasida fermerlar bilan shartnomaviy munosabatlarda jami 156 223 ta xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu holatlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan, takliflar ishlab chiqilgan.

Uchinchidan, huquqiy ma’lumotlarni targetlash zarur. Joriy yilning o‘zida 1 300 dan ortiq hujjatlar qabul qilingan, aholi ularni barchasini eslab qololmaydi. Shu sababli, jamiyatda shunday holat shakllanishi kerakki, aholi eng zarurlaridan ham zarurlarini o‘rgansa yetarli bo‘lishi kerak.

To‘rtinchidan, davlat organlari xodimlarining o‘zini huquqiy ongini oshirish zaruriyati mavjud. Bu har bir sohada qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi, tizimda muammolar kamroq bo‘ladi, malakali kadrlar salmog‘i ortadi va ish samaradorligi o‘sadi.

Joriy yilning iyun-iyul oylarida platforma orqali jami 5 500 nafar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari o‘qitilib, baholashdan o‘tkazildi.

Beshinchidan, huquqiy yordam hamma uchun, har doim va yetarli darajada bo‘lishi kerak. Bu vazirlikning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish borasida advokatlar tomonidan “pro bono” loyihasi doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga 64 774 marta og‘zaki, 5 162 marta shartnoma asosida bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, vazir tomonida Britaniya tajribasi asosida vazirlik tashabbusi bilan tashkil etilgan “Madad” NNT orqali ham aholiga bepul yuridik yordam berish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan, 60 ta tumanda filiali bor ekanligi aytib o‘tildi.

Adliya vaziri xulosa sifatida huquq ustuvor bo‘lgan jamiyatni barpo qilishda jamiyatdagi, ayniqsa mansabdorlarning huquqiy savodxonlik darajasi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanishini alohida ta’kidladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida axboroti eshitildi