10:39 / 15.09.2021
3 861

«Buncha katta ‘dux’ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev

«Buncha katta ‘dux’ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z Telegram–kanalida qonunlardan xabardor bo‘la turib daraxtlarni noqonuniy kesayotgan tashkilotlarni tanqid qildi.

«Ba’zan tushunmay daraxt kesib qo‘yibdi, degan bahonalarni eshitib qolamiz. Balki rostdan ham daraxt kesish mumkinmasligini bilmagandir, deyish mumkin.

Lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qo‘yganini qanday tushunish mumkin?!

Masalan, ko‘pchiligimiz eshitgan Bo‘stonliq tumanidagi ‘Amirsoy’ kurort zonasi ma’muriyatining yaqinda naqd 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlarni kesib tashlaganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Shuncha gapdan keyin ham har xil bahonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta ‘dux’ qayerdan paydo bo‘ldi?

Holat bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi tomonidan prokuraturaga taqdim etilgan materiallar imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib bo‘lmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda.

O‘zi kurort ma’muriyati odamlar tog‘ning daraxtzor tabiatida dam olish uchun ham kurortlarga borishini bilarmikan. Mas’ullardan izoh kutamiz...», – deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Buncha katta ‘dux’ qayerdan paydo bo‘ldi?» — Rasul Kusherbayev