13:50 / 19.09.2021
2 982

Toshkentda yosh ayolning yuzi va tanasiga lezviya tortgan shaxs ushlandi

Toshkentda yosh ayolning yuzi va tanasiga lezviya tortgan shaxs ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkentda IIB FMB xodimlari tomonidan yollanma jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, ayol 2 avgust kuni kechki payt dugonasi bilan ovqatlanish uchun restoranga borgan va ortidan noma’lum shaxslar kuzatayotganini sezgan. U tamaddixonadan chiqqach, Yunusobodda yashaydigan dugonasini mashinasida uyiga kuzatib qo‘ygan. Soat 00:30 atrofida Yangihayotdagi uyiga qaytgan. Uyning liftiga chiqqanida ortidan niqob taqqan yigit kirgan va lezviya bilan ayolning yuzi, burnining usti va ko‘krak sohasiga jarohat yetkazgan. Ayol qo‘llari bilan yuzini berkitib, yigitni tepganidan keyin u voqea joyida qochib ketgan.

Shu kuni gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi va surishtiruv jarayoni qiyin kechganiga qaramasdan IIB xodimlari uni qo‘lga olishga erishadi.

Ushbu shaxs Shayxontohur tumanida yashovchi 2000 yil tug‘ilgan fuqaro ekanligi, muqaddam Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangani aniqlangan. Tergov davomida gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan. U jabrlanuvchini oldindan tanishini, unga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani sababli ayolni jazolamoqchi bo‘lganini bildirgan.

Ayol esa erkak kishini nafsoniyatiga tegadigan haqorat so‘zlar ishlatmasligini, bu yigitni hech qachon ko‘rmaganini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yigit unga «Dushmaning ko‘p. Nima qilasan o‘zingga yana dushman orttirib?», deb aytgan. Shuningdek, qamalsa, 4 oydan keyin chiqib, yana uning oldiga kelishini, ungacha boshqa odam oldida bo‘lishini ham bildirgan.

«Shu kundan beri ketimdan Matiz poylab yurganini bilaman. Ikki marta bo‘ldi bu. Endi ko‘chaga chiqa olmayman, bolalarimni ko‘chada o‘ynata olmayman. Balki, bolalarimni olib qochib ketar? Voyaga yetmagan ikki bolam bor, onam bor. Turmush o‘rtog‘im chet elda», — degan u.

Ichki ishlar organlari xodimlarining bildirishicha, sodir etilgan jinoyatning aybdorlari to‘laligicha aniqlanadi va yakuniy hukm sud tomonidan e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yosh ayolning yuzi va tanasiga lezviya tortgan shaxs ushlandi