23:58 / 19.09.2021
6 837

Samarqandda ona-bola 22 yoshli qizni aldab, fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘ldi

Samarqandda ona-bola 22 yoshli qizni aldab, fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘ldi
Samarqand xalqaro aeroportida 22 yoshli qiz Turkiyaga aldov yo‘li bilan fohishalik uchun yuborilishining oldi olindi. Bu haqda viloyat IIB xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Oqdaryo tumanida yashovchi 29 yoshli yigit 22 yoshli qizni kelgusida fohishalik maqsadida ishlatish uchun Samarqand xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga yuborishni reja qilgan. Shu maqsadda Istanbul shahrida yashab kelayotgan onasi O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirgan.

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yigit qizni Samarqand xalqaro aeroportidan jo‘natayotganida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ona-bola 22 yoshli qizni aldab, fohishalik uchun Turkiyaga yubormoqchi bo‘ldi