Samarqanddagi xonadonlarning biriga uzunligi 1 metr bo‘lgan echkiemar kirib qoldi

Samarqanddagi xonadonlarning biriga uzunligi 1 metr bo‘lgan echkiemar kirib qoldi
Foto: «Samtur.uz»
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi «Beshkapa» mahallasida yashovchi fuqaro o‘z uyidan echkiemar topib oldi, deb xabar bermoqda «Samtur.uz».

Fuqaro bu haqda mahalliy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga xabar bergan. Mutaxassislar uni o‘rganib, ushbu sudralib yuruvchining uzunligi 1 metr ekanligini, u «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon turi ekanligini aniqlagan.

Echkiemarning holati qoniqarli deb topilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, Xo‘jaqo‘rg‘on cho‘l zonasidagi tabiiy yashash hududiga qo‘yib yuborilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar