O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ilk sayvlovoldi tashviqot tashrifini Qoraqalpog‘istondan boshladi. Ayni paytda esa Bo‘zatov tumanida bo‘lib turibdi. Amaldagi prezident bu yerda tumandagi saylovchilar bilan ko‘rishib, ma’ruza qildi.
"Saylovoldi uchrashuvlarini eng avvalo Qoraqalpog‘iston diyoridan boshlaganim bejiz emas. Ilgari ham aytganman, bugun ham katta mamnuniyat bilan takrorlayman – men o‘zimni qoraqalpoq xalqining ham farzandi deb bilaman.
Bu saylov barchamiz, butun el-yurtimiz uchun O‘zbekistonning, uning tarkibiy qismi bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning bundan keyingi taraqqiyoti qanday bo‘ladi, mamlakatimiz qanday rivojlanish yo‘lidan boradi, farzandlarimiz, oilamiz, butun yurtimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g‘oyat muhim siyosiy tadbirdir.
O‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibsiz, o‘tgan besh yillik muddat butun mamlakatimiz, xalqimiz uchun og‘ir sinovlar davri bo‘ldi.
Biz Alloh taoloning marhamati, xalqimizning fidokorona mehnati bilan koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz qiyinchiliklarini mardona yengib o‘tmoqdamiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi