Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida o‘tayotgan Yoshlar festivaliga tashrif buyurdi.
«Hozirgina Bo‘zatov tumanidan qaytishda yoshlar festivali o‘tkazilayotganidan xabar topib, sizlar bilan uchrashishga qaror qildim. Chunki men qayerga borsam, albatta yoshlar bilan muloqot qilishga harakat qilaman. Sizlarning ko‘zingizda, bilimingizda, ergangi kunga ishonchingizda Yangi O‘zbekistonni, Yangi Qoraqalpog‘istonni ko‘rib, o‘zim uchun katta kuch-quvvat olaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida Qoraqalpog‘istonda ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shahar va tumanlarda 14 ta yangi maktab barpo etildi, 4 ta yangi oliygoh tashkil etildi.
«Men har doim yoshlar, ta’lim, bilim-bilim deb ta’kidlayman. Bilim «o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi». Qancha ko‘p bilim egallasak, kelajak bizniki. Uchinchi Renessans poydevorini yaratamiz deb o‘zimizga g‘oya olganmiz. Bu poydevorni kim yaratadi? Faqat bilimli yoshlar», — dedi Prezident.
Yoshlarga keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari qurilib, 135 ta maktab kapital ta’mirlanishi aytildi.
Prezidentimiz kelgusi besh yilda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizga yetkazilishi, buning uchun Qoraqalpog‘istonda mamlakatimiz va xorijiy universitetlarning 6 ta nufuzli oliy o‘quv yurtlari filiallari tashkil etilishini ta’kidladi.
Shuningdek, kelgusi besh yilda har bir shahar va tumandagi Yoshlar markazlari va umumta’lim maktablarida 100 mingdan ziyod yoshlar chet tillari va Ay-Ti texnologiyalariga o‘qitiladi. Qo‘shimcha 6 ming o‘rinli yangi yotoqxonalar qurib bitkaziladi.
Yoshlar Prezident tashrifini olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi