09:00 / 22.09.2021
1 869

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonda 1 oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berishicha, 2021-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi «t-kontrakt.edu.uz» axborot tizimi ishga tushirildi.

Qayd etilishicha ushbu tizim:
- ortiqcha ovoragarchilik va suiiste’molchiliklarning oldini olish;
- jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
- elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;
- to‘lov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

«Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va to‘plagan balli Davlat test markazi bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinib, elektron ko‘rinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi