17:00 / 22.09.2021
1 096

Muzrabotda MIB xodimi yana kaltak yedi

Muzrabotda MIB xodimi yana kaltak yedi
Sud va boshqa organ hujjatini ijrosiga ko‘ra, qarzdorlikni bartaraf etish vazifasini bajarish davrida,MIB xodmlariga fuqarolardan tomonidan qaroshilik qilish uchrab turmoqda.

Majburiy ijro byurosining Muzrabot tumani bo‘limi xodimlari bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan bank foydasiga tumanning Yangi diyor mahallasida yashovchi fuqarodan 24 million 218 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish maqsadida yashash xonadoniga borib ijro hujjati bilan tanishtirib belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lab qo‘yishini tushuntirgan. Shu vaqtda uyning yonida “Muzrabot agro-servis 2017” MTP.ga tegishli bo‘lgan SASE 2366 rusumli Kombayn turganini ko‘rib qolishadi.

Aslida bu kombayn “Muzrabot agro-servis 2017” MTPning 3 mlrd. 450 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi uchun xatlangan va ayni vaqtda uzoq muddatdan buyon qidiruvda bo‘lgan edi.

Davlat ijrochilari ushbu kombaynga aniqlik kiritish maqsadida texnika vositasi yoniga borib, Yangi diyor mahallasi, Namunali ko‘chasida yashovchi fuqarodan ushbu kombayn kimga tegishli ekani haqida so‘ralganda, qarzdor fuqaro kombayn unga tegishli ekanini va fermer xo‘jaligidan sotib olganini, aytib, davlat ijrochilari xizmat vazifasiga faol qarshilik ko‘rsatgan va davlat ijrochisining yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga tuman prokuraturasi xodimlari zudlik bilan kelib, holat yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-modasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Muzrabotda MIB xodimi yana kaltak yedi
[/banner_pushhouse