18:11 / 22.09.2021
2 207

«Sariosiyo» chegara postida O‘zbekistonga jangovar o‘q-dorilarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

«Sariosiyo» chegara postida O‘zbekistonga jangovar o‘q-dorilarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi
Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati viloyati bojxona boshqarmasi «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosining qo‘l sumkasidan jangovar o‘q-dorilar topildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi jangovar o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar uchramoqda. Xususan, «Sariosiyo» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A.ning qo‘l sumkasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada skaner tasvirlari qo‘l sumkasi ichida shubhali jism borligini ko‘rsatgan. Ushbu shaxsning qo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, sumka ichida kontrabanda predmeti hisoblanuvchi 1 dona «SVD» miltig‘ining va 3 dona «AKS», «AK-47», «AKM» rusumli avtomatlarning jangovar patronlari borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sariosiyo» chegara postida O‘zbekistonga jangovar o‘q-dorilarni olib kirishga uringan shaxs ushlandi