13:30 / 23.09.2021
1 644

Buxoroda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi og‘ir tan jarohati oldi

Buxoroda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi og‘ir tan jarohati oldi
Foto: Ulug‘bek Shukrullayev
Buxoroda Nexia va Damas to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB YHBB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH viloyat hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynov avtomobil yo‘lining 240-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Damas avtomashinasining ikki nafar yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ulug‘bek Shukrullayev
«Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, har ikki avtomashinaga ham jiddiy zarar yetgan. Ikki nafar yo‘lovchining og‘ir ahvoldaligi sabab ayni paytda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deydi Ulug‘bek Shukrullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi og‘ir tan jarohati oldi