
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida rashk sabab xotinini o‘ldirib qo‘ygan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18 sentabr kuni soat 15:00 larda Q.Q. yashash uyida turmush o‘rtog‘i D.J.ni rashk qilib, o‘zaro janjallashishi oqibatida qo‘lidagi pichoq bilan uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jarohatlangan ayol kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.
Shu kuni Q.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar