Foto: Bosh prokuratura huzuridagi depratament
Qoraqalpog‘istonda o‘zini DTMda ishlashini aytib, 29 nafar abituriyentga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida R.E. ismli shaxs fuqaro Sh.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga Ali ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”