09:44 / 25.09.2021
1 638

Toshkent shahar IIBB Telegram’da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslarni qo‘lga oldi

Toshkent shahar IIBB Telegram’da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslarni qo‘lga oldi
Toshkent shahar IIBB Telegram’da soxta guruh tashkil etib, odamlarni aldayotganlarni qo‘lga oldi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Unda aytilishicha, 19 sentabr kuni Toshkent shahar IIBBga O‘zbekistonda maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining xodimlari murojaat qilib, kompaniya savdo belgisi ostida soxta Telegram-bot tashkil etilgani yuzasidan ariza bergan.

Ularning ta’kidlashicha, soxta kanalda obunachilar soni qisqa muddatda 400 mingdan ortib, unda o‘tkazilayotgan yolg‘on xayriya aksiyasi sabab kompaniya call-markaziga «guruhingiz orqali sovringa ega bo‘ldim, shuni berishingizni so‘rayman» mazmunidagi murojaatlar soni kundan kunga ortib borgan.

Buning oqibatida kompaniya obro‘siga putur yetkazilgan, shuningdek, kompaniya mahsulotlarini sotib olgan iste’molchilarning savollariga javob berish, ularning taklif va shikoyatlarini qabul qilish bilan shug‘ullanadigan call-markazga yuklama ortishiga sabab bo‘lgan.

Murojaat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Telegram tarmog‘ida soxta guruhlar tashkil etib, odamlarni aldayotganlar qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlarning ikki nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar ekanligi aniqlangan. Ular guruhga katta miqdorda odam to‘plab, so‘ng uni sotishni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar IIBB Telegram’da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslarni qo‘lga oldi