Buxoroda to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqdi

Buxoroda to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqdi
Foto: Videodan kadr
Buxoro shahrida to‘xtab turgan Cobalt’da yong‘in chiqib, mator va old salon qismlariga zarar yetdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 24 sentabr kuni soat 19:53 da yuz bergan. T.Farog‘iy ko‘chasi 67-uy oldida turgan J. M.ga tegishli Cobalt’da yong‘in chiqib, avtomobilning motor va old salon qismlari yongan. O‘t o‘chiruvchilar soat 20:04 da yong‘inni batamom o‘chirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda moddiy zarari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar