14:13 / 27.09.2021
2 369

Shavkat Mirziyoyev yangi qaror loyihasi tayyorlanayotgani haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev yangi qaror loyihasi tayyorlanayotgani haqida gapirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati ahli bilan uchrashuv vaqtida buyuk shoir Usmon Nosir shaxsiga to‘xtaldi.

— Namangandan yetishib chiqqan yorqin iste’dod egalari haqida gapirganda, adabiyotimizga chaqmoqdek kirib kelgan otashin shoir Usmon Nosir siymosi ham ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.

G‘oyat qisqa – bor-yo‘g‘i o‘n yillik ijodiy faoliyati davomida shoirning 5 ta she’riy kitobi, 2 ta dostoni va bir qator dramatik asarlari nashr etilgani, dramalari sahnaga qo‘yilgani, uning Pushkin, Lermontovning mashhur dostonlarini o‘zbek tiliga ulkan mahorat bilan tarjima qilgani sizlarga ma’lum albatta.

Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni o‘zining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi.

Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o‘tkazib, 1944 yili 32 yoshida vafot etadi. Usmon Nosir bir she’rida: «Bargdek uzilib ketsam, unutmas meni bog‘im», deb yozgan edi.

Albatta, u «bog‘» deganda, jonajon Vatanini, bag‘rikeng xalqimizni nazarda tutganini anglash qiyin emas. Kelgusi yili yurtimizda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini munosib nishonlash maqsadida, Prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

Shu munosabat bilan Usmon Nosirning hayoti va ijodini yanada kengroq o‘rganish, asarlarini nashr qilish, jumladan, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida haykalini hamda Rossiyaning Kemerovo o‘lkasidagi shoir dafn etilgan maskanda yodgorlik o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yangi qaror loyihasi tayyorlanayotgani haqida gapirdi